Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
YeI o‘z armiyasini tashkil etishi mumkin
Yevropaning qator OAV va Bryusseldagi diplomatik manbalarning ma'lumotlariga ko‘ra, YeI yetakchilarining Bratislava sammiti doirasida bo‘lib o‘tajak norasmiy uchrashuvida turli masalalardan tashqari YeI armiyasini tashkil etish imkoniyatini muhokama etishadi. Fransiya va Germaniya ushbu tashabbusni ilgari surgan.
"Bu masala ham davlat va hukumat rahbarlarining diqqat markazida bo‘ladi. Ayniqsa, Yevrokomissiya rahbari Jan-Klod Yunkerning mudofaa sohasidagi qator yechimlarni Yevroparlamentdagi chiqishida ilgari surgach, dolzarb mavzuga aylandi", - deya mulohazasini bildirgan diplomatik manba.
Avvalroq, Le Figaro gazetasi yozganidek, Fransiya va Germaniya mudofaa vazirlari YeI tashqi siyosat mahkamasi rahbari Federike Mogeriniga Britaniya ittifoq tarkibidan chiqishi munosabati bilan YeIning umumiy mudofaa siyosatini tubdan o‘zgartirish taklifini bildirishgan. Keyinroq, Yevrokomissiya rahbari Yevroparlamentdagi chiqishida ittifoq "mudofaa tadqiqotlarini olib borish maqsadida o‘z jamg‘armasini tashkil etishi va mudofaa salohiyatini ta'minlash uchun sarmoyalar ajratilishi"ni bildirgan edi.
Mavzuga oid
13:48 / 20.01.2026
Chexiya bosh vaziri: YeI Putin bilan muzokara olib borishi kerak edi
13:00 / 20.01.2026
Yevroittifoqning Grenlandiya bo‘yicha favqulodda sammiti 22 yanvar kuni bo‘lib o‘tadi
08:30 / 19.01.2026
Yevroittifoq Grenlandiya sabab AQShga qarshi javob bojlari tayyorlamoqda
07:44 / 19.01.2026