London meri Sodiq Hon AQSh prezidenti lavozimi uchun kurashda Demokratlar partiyasi nomzodi Hillari Klintonni qo‘llab-quvvatladi. Bu haqida Reuters agentligi xabar berdi.
Xon respublikachi Donald Trampning musulmonlarga qarshi qarashlari IShIDga "qo‘l kelayotgan"ini ta'kidladi.
"Men ikki qiz farzandning otasi sifatida o‘ylaymanki, dunyodagi eng bosh siyosatchining ayol kishi bo‘lishi jahonda muhim hodisa bo‘ladi. U (Klinton) g‘olib bo‘lishiga umid qilaman", - dedi u.
Sodiq Xon AQShga qilgan ilk rasmiy tashrifi davomida Klintonning "ashaddiy muxlisi" ekanligini qo‘shimcha qildi.











