12:44 / 16.09.2016
12544

OAV: Rio-2016da 53 nafar britaniyalik sportchi doping iste'mol qilgan

Buyuk Britaniya aksildoping agentligi (UKAD)ning ma'lum qilishicha, 2016 yilgi Olimpiya o‘yinlarida ishtirok etgan 53 nafar britaniyalik sportchining Butunjahon antidoping agentligi (WADA) tomonidan taqiqlangan dorilarni davolanish maqsadida qo‘llashga ruxsati bo‘lgan. Bu haqda, BBC Sport xabar qilmoqda.

15 sentabr kuni Fancy Bears xakerlik guruhi e'lon qilgan ma'lumotlarga ko‘ra,  WADA 8ta mamlakatning 25 nafar sportchisiga taqiqlangan dorilardan foydalanishga ruxsat bergan. Ularning 14 nafari Rio-de-Janeyroda bo‘lib o‘tgan Olimpiada musobaqalarida sovrindor bo‘lishgan. Shulardan besh nafari britaniyalik: velopoygachilar Kris Frum va Bredli Uiggins, golfchi Charli Hall, regbichi ayol Hizer Fisher va eshkakchi Sem Taunsendlardir. Yana 48 nafar britaniyalik olimpiyachilarning ismi-sharifi keyinroq e'lon qilinishi kutilayapti. 

UKAD rahbari Nikol Sapstidning bayonot berishicha, uning tashkiloti doping iste'mol qilgan, ammo ismlari oshkor qilinmagan sportchilar fosh etilmasligi uchun barcha choralarni ko‘rmoqda. 

«Hozirda bu bizning asosiy vazifamiz. Biz, shuningdek, nomlari oshkor bo‘lganlar bilan bog‘lanishga urinayapmiz. Ularning hech biri noqonuniy ish qilmagan. Men xakerlar qilgan ishni qabul qila olmayman. Shaxsiy tibbiy ma'lumotlarni oshkor etish — yaxshi emas», — degan Sapstid.

Umuman, Buyuk Britaniya milliy Olimpiya terma jamoasi tarkibida 366 nafar sportchi Rio-2016 Olimpiya o‘yinlarida ishtirok etgan. 

Top