09:49 / 16.09.2016
7818

Rio Paralimpiyasi: Xitoy termasi sakkiz kun ichida 191 ta mukofotni qo‘lga kiritdi

Xitoy termasi Rio-de-Janeyroda o‘tayotgan Paralimpiya o‘yinlarining sakkizinchi kunida 19 ta medalni (ulardan to‘qqiztasi oltin) qo‘lga kiritdi va 191 ta mukofot bilan norasmiy umumjamoa hisobida yetakchilikni qo‘lga oldi. Eslatib o‘tamiz, Paralimpiya o‘yinlari 18 sentabrda o‘z nihoyasiga yetadi.

Xitoyliklar ushbu musobaqada 84 ta oltin, 66 ta kumush va 41 ta bronza medallar sohibiga aylanishdi. Ikkinchi o‘rinda 48 ta oltin, 28 ta kumush va 31 ta bronza (jami 107 ta medal) bilan Buyuk Britaniya bormoqda. Uchinchi o‘rinda Ukraina temasi (35-27-30. Jami 92 ta medal), to‘rtinchi o‘rinda esa AQSh termasi (30-33-26. Jami 89 ta medal) qayd etilgan.

Ma'lumot uchun - O‘zbekiston termasi ushbu musobaqada 6 ta oltin, 4 ta kumush, 14 ta bronza – jami 24 ta medal bilan 13-o‘rinda bormoqda.

Mavzuga oid
Top