Toshkent shahridagi Respublika Olimpiya zaxiralar tennis maktabi kortlarida O‘zbekiston hamda Shveytsariya terma jamoalari Devis kubogi pley-off bosqichida to‘qnash kelishdi. O‘zbekistonlik sportchilar Denis Istomin hamda Farrux Do‘stov juftlik bahslarida Adriyen Bossel va Yoxan Nikles bilan kortga chiqishdi.
Bahs shveysariyalik tennischilar foydasiga hal bo‘ldi: 6/4,6/2,7/6.
Hozirda shveysariyalik tennischilar 2:1 hisobida oldinda borishmoqda. Ertaga navbatdagi o‘yinlar o‘tkaziladi.