10:33 / 17.09.2016
5892

Huawei kompaniyasi ICTSUMMIT va ICTEXPO 2016 homiysiga aylandi

Foto: Huawei

Huawei kompaniyasi shu yil 20 sentabrda Xalqaro biznes markazida ICTWEEK-2016 axborot-kommunikatsiya haftaligi doirasida boshlanadigan ICTSUMMIT 2016 ning homiysi bo‘ladi va tashkilochilar bilan hamkorlik qiladi.

Sammitning asosiy maqsadi – jamoatchilikni axborot kommunikatsiyalari bozori yangiliklari bilan tanishtirish, keng polosali texnologiyalar tematikasini rivojlantirish, IKT sanoatida xalqaro ekspertlar bilan tajriba almashish.

– O‘zbekistonda 16 yildan ziyod vaqt davomida ishlab kelayotgan Huawei mamlakatdagi telekommunikatsion va axborot texnologiyalarning rivojlanishiga o‘z hissasini qo‘shib kelmoqda. Bugungi kunda kompaniyamiz O‘zbekiston bozorida nafaqat mobil operatorlari uchun samarali va sifatli baza stansiyalarini, balki internet sanoati rivojlanishiga yordam beradigan yangi avlod smartfonlarini ham taqdim etmoqda. Biz zamon bilan hamnafas holda odimlamoqdamiz, chunki bozorni rivojlantirmay turib top-kompaniya darajasigacha o‘sish mumkin emas. Shu bois, ushbu tadbir homiysi bo‘la turib, kompaniya bozorning barcha ishtirokchilarini O‘zbekiston yuqori texnologiyali loyihalar mamlakatiga aylanashishi uchun yangi g‘oyalar, investitsion loyihalar va innovatsion texnologiyalari bilan o‘z hissalarini qo‘shishga chaqirdi, - deya ushbu voqeaga izoh bildirdi Huawei ning O‘zbekistondagi bosh direktori janob Van Pen.

Yilning innovatsion brendi bo‘lgan Huawei kompaniyasi davlat muassasalari va kompaniyalarga davlat idoralarida natija beradigan boshqaruv va faoliyatdagi yuqori samaradorlik uchun mobil va telekommunikatsion texnologiyalardan tashqari bir qator tizimli va ma'muriy loyihalarni taklif qilmoqda. Shunday loyihalardan biri “Xavfsiz shahar” bo‘lib, kompaniya uni ichki ishlar vazirligi bilan birga ishga tushirish va aholini mamlakatdagi xavfsizlik tizimini kompleks tarzda rivojlantirish to‘g‘risida maksimal xabardor qilishni rejalashtirgan.

Shu va bir qator boshqa loyihalar bilan barcha istaganlar ICTEXPO 2016 ko‘rgazmasida tanishishlari mumkin. Bu tadbirning bosh homiysi esa, biz ta'kidlaganimizdek, Huawei kompaniyasi bo‘ladi. Tadbir shu yilning 20-23 sentabr kunlari «UzKurgazmasavdo» milliy ko‘rgazma majmuasi pavilonlarida bo‘lib o‘tadi. Huawei kompaniyasi tashrif buyuruvchilar e'tiboriga bir qator yangi texnologik loyihalarini, P va Mate seriyalaridagi yuqori sifatli smartfonlarni taqdim etadi. Shuningdek, yangi loyihalar ham barchaning diqqat markazida bo‘lib, ularning muhim sohalarda joriy etilishi axborot almashish sifatini va resurlarni boshqari samaradorligini yaxshilash imkonyatini beradi. Huawei kompaniyasi yangiliklarin kuzatib boring.

Reklama huquqi asosida.

Top