09:42 / 17.09.2016
10742

Mel Gibson 9-marotaba ota bo‘lish arafasida turibdi

Gollivud aktyori va rejissyor Mel Gibson 9-marotaba ota bo‘lish arafasida turibdi. Uning 25 yoshli ma'shuqasi Rozalind Ross farzand kutmoqda. Bu haqda juftlikka yaqin bo‘lgan manbaga iqtibos keltirgan holda People nashri xabar bermoqda. 

"Melga ota bo‘lish yoqadi, u Rozalind bilan birga ota-ona bo‘lishni intiqlik bilan kutmoqdalar", deb aytdi manba. Uning aytishicha, oxirgi ikki yil Gibsonning hayotidagi eng baxtli onlar bo‘lgan. Ta'kidlanishicha, juftlik farzandining 2017 yil boshiga dunyoga kelishini kutmoqda.

Ikki yil avval aktyor bilan uchrashishni boshlagan Ross uchun bu birinchi farzand bo‘ladi.

60 yoshli aktyorning sobiq rafiqasi Robin Mur bilan turmushidan 7 nafar: Xanna (1980 yilda tug‘ilgan), egizaklar Edvard va Kristian (1982), Uilyam (1985), Lui (1988), Maylo (1990) va Tomas (1999) ismli farzandlari bor. Juftlik 2011 yilda ajrashib ketgan.

Gibson rafiqasi bilan ajrashayotgan vaqtda rossiyalik Oksana Grigoreva bilan uchrashishni boshlagan. 2009 yil oktabrda Gibson Oksanadan Lyusiya ismli qiz farzand ko‘rgan. Biroz o‘tib Grigoreva Gibsonni zo‘ravonlikda ayblagan va ular ajrashib ketishgan.

AQSh-Avstraliya aktyori, rejissyor, ssenariynavis va prodyuser Gibson ikkita "Oskar" va "Sheryurak" filmi rejissurasi uchun "Oltin globus" mukofoti bilan taqdirlangan. Avstraliya ordeni faxriy zobiti hisoblanadi. Unga jahonshumul mashhurlikni "Telba Maks" filmi keltirgan.

 

Top