14:26 / 17.09.2016
8797

Teleboshlovchi Jimmi Fellon Klinton bilan muloqot qilishdan avval o‘z sog‘lig‘i haqida qayg‘urdi

AQShlik teleboshlovchi Jimmi Fellon sobiq davlat kotibi, Amerika prezidentligi uchun demokratlar nomzodi Hillari Klinton bilan suhbatlashishdan avval, o‘zining sog‘lig‘i borasida qayg‘urib, tibbiy niqobni taqib oldi. U, Hillariga qo‘yilgan zotiljam kasalligini yuqtirib olmaslik uchun The Tonight Show dasturini yozib olish vaqtida shunday yo‘l tutgan. 

Fellon o‘z sog‘lig‘i bilan tavakkal qilishni xohlamagani bois, prezidentlik uchun nomzod bilan suhbatda niqob yordamidan foydalanishga qaror qilgan. 

Hillari Klinton 2001 yil 11 sentabr voqealariga bag‘ishlangan xotira marosimida o‘zini yomon his qilgan edi. Klintonning shaxsiy shifokori bemorga zotiljam tashxisini qo‘ygan edi. 

Top