12:21 / 18.09.2016
4837

Merkel migratsiya bilan bog‘liq "Biz uddalaymiz" shioridan voz kechmoqchi

Foto: ATF

Germaniya kansleri Angela Merkel bir yil avval Germaniyaga yuz minglab qochqinlarning qabul qilinishiga izoh berib, "Biz uddalaymiz" deb aytgan so‘zlaridan voz kechishni istamoqda. 

"Ba'zida bu ibora bo‘rttirib yuborilgandek, unda juda ko‘p mavhumlik bordek tuyuladi. Shunchalik ko‘pki, men uni takrorlamaslikni istardim, u juda kuchsiz shiorga, deyarli bo‘m-bo‘sh formulaga aylandi", deb aytdi Merkel WirtschaftsWoche nashriga bergan intervyusida. 

Avgust oxirida kansler uning iborasi "adolatli va to‘g‘ri bo‘lishi" va ko‘p narsani qilishga muvaffaq bo‘lish mumkinligi haqida gapirib o‘tgandi.

Ayni vaqtda Yevropa birinchi navbatda Yaqin Sharq va Shimoliy Afrika davlatlaridagi qurolli ixtiloflar va iqtisodiy muammolar sababli yuzaga kelgan, Ikkinchi jahon urushi vaqtidan beri eng jiddiy migratsiya inqirozini boshdan kechirmoqda. Yevropa Ittifoqining Frontex agentligi ma'lumotlariga ko‘ra, 2015 yilda Yevropa Ittifoqiga 1,8 mln muhojir kelgan. 

Germaniya ichki ishlar vazirligi ma'lumotlariga ko‘ra, 2015 yilda Germaniyaning o‘ziga 1 mln dan ko‘proq qochqin kelgan. 

Top