Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rio Paralimpiyasi: O‘zbekistonning 32 sportchisidan 31 ta medal
Rio-de-Janeyro shahrida o‘tkazilgan yozgi XV Paralimpiya o‘yinlarida O‘zbekiston paralimpiya terma jamoasining ishtiroki o‘z nihoyasiga yetdi. O‘zbekiston paralimpiya terma jamoasi musobaqa dasturiga kiritilgan sportning 5 ta turida (yengil atletika, suzish, dzyudo, o‘q otish, og‘ir atletika) 32 sportchi bilan ishtirok etdi.
Sportchilarimiz Paralimpiya o‘yinlarining 31 medalini ( 8 ta oltin, 6 ta kumush, 17 bronza) qo‘lga kiritib, umumjamoa hisobida 200 yaqin ishtirok etgan davlatlar o‘rtasida 15-o‘rinni (medallar soni bo‘yicha 12-o‘rin), Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasida 1-o‘rinni, MDH davlatlari o‘rtasida 2- o‘rin (1-o‘rin Ukraina, 171 sportchi bilan ishtirok etgan), Osiyo davlatlari o‘rtasida 2-o‘rin (1-o‘rin Xitoy, 326 sportchi bilan ishtirok etgan) qo‘lga kiritdi. Dzyudo sport turi bo‘yicha umumjamoa hisobida 1-o‘rinni egallashdi.
Sportchilarimiz tomonidan 6 ta jahon, 7 ta Paralimpiya o‘yinlari, 12 ta Osiyo rekordi o‘rnatildi. Shu vaqtga qadar birorta davlat vakillari, ya'ni ishtirokchilar soni va qo‘lga kiritilgan medallar soni bo‘yicha bunday natija qayd etishmagan. Qayd etish lozim bo‘ladiki, juda ko‘p davlat delegatsiyalari O‘zbekiston erishgan yutuqlarga hayrat va havas bilan qarashmoqda. Bu yutuqlar zamirida xalqimizning qo‘llab-quvvatlashi, duosi, davlatimiz tomonidan yoshlarga yaratilayotgan shart-sharoitlar, ularga bo‘lgan ishonch hamda sportchilarimiz va ularning murabbiylarining tinimsiz mehnati yotibdi. O‘zbekiston va uning xalqining shunday Vatanni sevguvchi farzandlari bor ekan O‘zbekiston bayrog‘i doimo baland ko‘tarilaveradi.



Mavzuga oid
21:42 / 21.12.2025
O‘zbekistonda 9 oyda eng ko‘p chaqaloq Samarqand viloyatida tug‘ilgan
22:17 / 17.12.2025
O‘zbekiston dunyoda sayyohlar oqimi eng tez o‘sayotgan mamlakatlar qatoriga kirdi
19:32 / 15.12.2025
Kishi boshiga tabiiy boyliklar: Saudiyada 1 mln, Rossiyada 520 ming dollar. O‘zbekistonda-chi?
18:58 / 14.12.2025