20:18 / 18.09.2016
5125

Tailandda yo‘lovchi paromi to‘ntarilib ketishi oqibatida 10 dan ko‘proq odam halok bo‘ldi

Tailand poytaxti Bangkok shimolida Chaupxraya daryosida yo‘lovchi paromi to‘ntarilib ketishi oqibatida kamida 13 odam halok bo‘ldi, deb xabar bermoqda Bangkok Post.

Voqea masjidga yo‘l olayotgan musulmon ekskursiyasi vaqtida yuz berdi. Kema bortida 150 ga yaqin odam bo‘lgan.

Ko‘plab yo‘lovchilar bedarak yo‘qolgan.

Ayni vaqtda politsiya kema bortidagilarning aniq sonini aniqlashtirmoqda. 

 

Mavzuga oid
Top