17:38 / 19.09.2016
4613

IAEA: Pxenyan BMT XK va agentlik talablarini bajarishi kerak

IAEA (Xalqaro atom energetikasi agentligi) bosh direktori Yukiya Amano Shimoliy Koreya hukumatini BMT XK va agentlik rezolyutsiyalarini zudlik bilan bajarishga undab, hal qilinmagan masalalar yechimi bilan shug‘ullanishga chaqirdi. 

«Men KXDR rahbariyatini BMT Xavfsizlik kengashi va Xalqaro atom energetikasi agentligining barcha qarorlarini bajarishga chaqiraman. KXDR agentlik bilan hamkorlik qilishni boshlab, agentlik inspektorlari mamlakatda bo‘lmagan vaqtda paydo bo‘lgan masalalar singari hal qilinmagan muammolarga barham berish bilan shug‘ullanishi lozim», — degan agentlik rahbari. 

Uning so‘zlariga ko‘ra, agentlik Shimoliy Koreya yadro muammosi sohasidagi voqealar rivojini kuzatishda davom etadi. 

Mavzuga oid
Top