19:12 / 19.09.2016
12610

Qirg‘izistonning davlat qarzi 4 mlrd 72 mln dollarga yetdi

Qirg‘izistonning davlat qarzi 4 mlrd 72 mln dollarga yetdi. Bu haqda 19 sentabrda Qirg‘iziston byudjyet va moliya bo‘yicha parlament qo‘mitasi yig‘ilishida ma'lum qilindi.  

Birlashtiruvchi yo‘l loyihasini (TsARESning 1 va 3-koridorlari) moliyalashtirish bo‘yicha Qirg‘iziston hukumati va Osiyo taraqqiyot banki o‘rtasidagi kelishuv loyihasini muhokama qilish vaqtida qo‘mita a'zolari mamlakat qachongacha kredit olishi va mumkin bo‘lgan bo‘sag‘adan o‘tib ketilgan-ketilmaganligi haqida qiziqishgan. Bunga javoban Qirg‘iziston moliya vazirligi stats-kotibi Zuur Bayamanov davlat qarzining miqdorini ma'lum qilgan. Bu qarzga ham ichki, ham tashqi qarz kiradi.

Bayamanov bu qarz so‘mda mamlakat YaIMining 68 foizini, dollarda esa YaIMning yo‘l qo‘yiladigan 60 foizidan oshmasligini ta'kidlab o‘tdi.  

 

Mavzuga oid
Top