16:04 / 19.09.2016
6442

Manba: AQSh samolyoti bergan zarba oqibatida Afg‘onistonda 8 politsiyachi halok bo‘ldi

AQSh samolyoti Afg‘oniston hududida amalga oshirgan havo zarbasi oqibatida 8 nafar politsiyachi halok bo‘lgan. Bu haqda Sputnik agentligi huquq-tartibot organlaridagi manbalariga asoslangan holda xabar bergan.

"Birinchi zarbadan keyin 1 politsiyachi halok bo‘ldi. Uning hamkasblari voqea joyiga to‘planganida esa ikkinchi zarba berildi va yana 7 kishi halok bo‘ldi", deyilgan manba xabarida.

Qayd etilishicha, ushbu hujum Afg‘oniston janubida, ayni vaqtda "Tolibon" jangarilari faollashgan Uruzgon viloyatida amalga oshirilgan.

AQShning Kobuldagi qo‘mondonligi ushbu hujum ro‘y berganini tasdiqlagan va bu hujum politsiyachilarga xavf tug‘dirayotgan jangarilarga qarshi uyushtirilganini bildirgan.

Top