18:49 / 19.09.2016
5903

Smayl belgisi Internetdagi 34-tavallud ayyomini nishonlamoqda

Foto: © flickr.com/SOZIALHELDEN

Ilk elektron "tabassum"dan 1982 yildayoq veb-saytda foydalanilgan.

1982 yilning 19 sentabrida Karnegi-Mellon Universiteti professori Skott Falman birinchi marta Internetda tabassum sifatida noodatiy belgilarni ???? qo‘llay boshlagan. Bu g‘oya tarmoqning boshqa foydalanuvchilari tomonidan tezda "ilib" ketilgan. Smayl belgisi bugunga qadar internet-jamiyatida juda mashhur. 

Biroq Falmanni smayl ixtirochisi deyish qiyin: u grafik tasvirlarni Internetda mashhur qilgan. Vikipediyaga ko‘ra, smayllar XIX asrning birinchi yarmidayoq san'atda paydo bo‘lgan, masalan, bunday tasvir Ingar Bergmanning "Port shahri" filmida (1948) ko‘ringan. Bundan tashqari, smayllar "Lili" (1953) va "Jiji" (1958) filmlarining reklama kampaniyalarida ham aks ettirilgan. 

"Men ko‘pincha o‘ylanib qolaman - tabassumni anglatuvchi qandaydir maxsus tipografik belgi bo‘lishi kerak - qandaydir egri chiziq, uning orqasida qavs belgilari...sizning savolingizga aynan shu belgini qo‘ygan bo‘lardim", - degan Vladimir Nabokov The New York Times jurnaliga bergan intervyusida. 

 

Top