21:59 / 20.09.2016
6778

Apple kompaniyasining qog‘oz paket patenti bilan bog‘liq mojarolari

15 sentabrda AQShning Patent va tovar belgilari idorasi (USPTO) Apple kompaniyasining  qog‘oz paket ishlab chiqarish uchun patent buyurtmasini ro‘yxatdan o‘tkazdi. Yangilik tezda tarqalib, Amerika innovatsion korporatsiyasi mavzusidagi hazil mushohadalarga sabab bo‘ldi, lekin Apple’ning himoyachilari ham topildi. 

USPTO ma'lumotlariga ko‘ra, patentga 2016 yilning 7 martida buyurtma berilgan. Hujjat matnida Apple Store’ning butun dunyoga  mashhur qog‘oz paketi batafsil tasvirlanadi. 

Buyurtma haqidagi xabar ijtimoiy tarmoqlarda tarqalganidan keyin OAV Apple’ning navbatdagi “innovatsiyasi” borasida hazil-mutoyiba qila boshlashdi. Masalan, Gizmodo portali “Apple paket namoyish qiladi” sarlavhali maqola chop etgan. 

“Qog‘oz paket bu qadar murakkab bo‘lishi mumkinligi xayolimga ham kelmagandi. Axir men oddiy batrak bo‘lsam, Kremniy vodiysi vizionerlarining xislatlariga ega bo‘lmasam.

Men shunchaki Paketga egalik qilishdek huzur-xalovatga ko‘zimni ochgan Apple’ga minnatdorchilik bildirishim mumkin, xolos”.

Sofi Kliman, Gizmodo maharriri


Patentning o‘zidan ko‘ra, uning ”tili” ko‘proq kulgiga sabab bo‘ldi. Gizmodo muharriri Sofi Klimanning so‘zlariga ko‘ra, “Amerikacha go‘zallik” filmi davridan beri paketlar bu qadar she'riy tuyulmagan. 

“Paketlar buyumlarni tashish uchun qo‘llaniladi. Masalan, do‘konlardagi paketlar ko‘pincha o‘sha yerdan xarid qilingan narsalarni tashish uchun xizmat qiladi”.

“Paket konteyner va ushlagichdan iborat bo‘lishi mumkin”.

Apple patenti matnidan


The Verge muharriri Rassel Brendon esa, aksincha, Apple tarafdori bo‘ldi – u kompaniyaning paketi haqiqatdan ham mualliflik huquqi bilan himoya qilinishi kerakligini ta'kidladi. 

Brendomning so‘zlariga ko‘ra, patent haddan ziyod batafsil tasvirlanganligi bilan jurnalistlarning diqqatini tortgan. Kompaniya paketning mohiyatiga alohida to‘xtalgan va 35-bobga kelibgina, asosiy maqsadga o‘tadi. 

Jurnalistning ta'kidlashicha, Apple o‘z paketlarida taxminan 60 foiz ikkilamchi qayta ishlanuvchi mahsulotlarni qo‘llaydi, bu esa ularni zaiflashtiradi. Aynan ana shunday tuzilma zaifligini bartaraf qilish uchun kompaniya turli xil muhandislik nayranglarini o‘ylab topishiga to‘g‘ri keladi – masalan, uning ichidagi qo‘shimcha karton bo‘laklari. 

“Aslida Apple bu paketga ancha intellektual mehnat sarflagan! Uning ustida MacBook uchun magnit zaryadka va Nike krossovkalari uchun komponentlar yaratgan dizaynerlar ishlagan.

Apple “paket” muammosini hal qilish ustida ko‘p bosh qotirdi va bu harakatlarning mahsuli – kompaniya tarixidagi eng intuitiv paket”.

Rassel Brendom, The Verge muharriri

Shunday bo‘lsa-da, Brendom ham Apple bilan hazillashish imkonini boy bermadi. 

“Bu paket ro‘yxatdan o‘tishi kerakmi? Men so‘nggi so‘zni USPTO’ga qoldiraman. Biroq shuni ta'kidlash joizki, paketlarni ishlab chiqarish texnologiyasi ularni ishlab chiqarish va tadqiq qilishni himoya qila olmaydigan patent tizimimizning ishni to‘g‘ri yo‘lga qo‘ymaganligi tufayli o‘n yillab turg‘unlik holatida bo‘lgan”.

Rassel Brendom, The Verge muharriri

 

Mavzuga oid
Top