10:29 / 21.09.2016
6250

Farzandli ayolni “pullagan” odamfurushlar guruhi qo‘lga olindi

Ijarada yashovchi ikki ayol Fozila va Gulyuz (ism-familiyalar o‘zgartirilgan) kunlarning birida pul topish haqida suhbat qurib qolishadi. Ana shunda Gulyuz Fozilaga Dubayga borib ishlashini, bu narsada o‘zi yordam berishi mumkinligini aytadi. Bu haqda “Huquq” nashri yozmoqda.

U yerda nima ish qilishini so‘ragan Fozila Gulyuzning javobidan so‘ng o‘ylanib qoladi. Farzandlarini fahsh yo‘li bilan boqishni istamaydi, ammo ko‘p pul topish haqidagi gaplar unga tinchlik bermaydi va rozi bo‘ladi.
Gulyuz kirakash tanishi Shohjahondan topgan ushbu odami uchun 100 AQSh dollari oladi. U tomoni bilan ishi yo‘q edi.

Shohjahon Halilov “mijoz” topilganini eshitib, xursand bo‘ldi. Dubayga ketishga rozi bo‘lgan ayolning kimligi uni qiziqtirmas edi. Va'dasiga muvofiq Dubaydan kelgan pulning 300 AQSh dollarini o‘zida saqlab, qolgan 200 dollarini reja asosida taqsimladi. U Fozilani Qirg‘iziston orqali Dubayga jo‘natmoqchi bo‘ldi.

Ular yo‘lga chiqishadi. Ammo yo‘lda ularni “Sarmijon” post-patrul xizmatidagilar mashinani to‘xtatishadi. Boisi huquqni muhofaza qiluvchi idoralarga “vositachi” Shohjahon Halilov va Gulyuz Xayriyevalarning ushbu qilmishlari haqida tegishli xabar kelgan edi. Bu esa Fozila Habibovaning odamfurushlari to‘ridan qutilib qolishiga sabab bo‘ldi.

Top