11:10 / 21.09.2016
4971

Toni Bler o‘zining konsalting biznesini tugatganligini ma'lum qildi

Buyuk Britaniyaning sobiq bosh vaziri Toni Bler o‘zining konsalting biznesi bo‘lmish Tony Blair Associates va u bilan bog‘liq kapital tuzilmalar Firerush va Windrush’ning yopilganini ma'lum qildi. Bu haqda Britaniyaning The Guardian gazetasi yozmoqda.

Uning ma'lumotiga ko‘ra, Tony Blair Associates kompaniyasining barcha foydasi nodavlat harakatlarga o‘tib ketadi. Blerning o‘zi ma'lum muddat u yerda faoliyat yuritib turadi. "Men daromad uchun konsalting loyihalarda kichik ishlarni davom ettiraveraman, ammo vaqtimning 80 foizi bu biznesdan chiqib ketishga bag‘ishlanadi", - deyiladi Bler tomonidan kompaniya saytida berilgan ma'lumotda.

Sobiq bosh vazirning konsalting biznesi Blerning siyosiy va tijoriy qiziqishlari bilan aloqador deya gumonlanib, shov-shuvga va tanqidga uchragan edi. Chunki kompaniya, asosan, xorijiy davlatlarga xizmat ko‘rsatar edi, deb yozadi gazeta.
 

Mavzuga oid
Top