21:04 / 22.09.2016
17803

Harbiylar 2017 yildayoq "ko‘rinmas plashlar" bilan ta'minlanishi mumkin


Tank, samolyot va harbiy kemalarni radioelektron kurash vositalaridan himoyalash uchun mo‘ljallangan "ko‘rinmas plashlar" sinovlardan o‘tmoqda, deb ma'lum qildi "Roselektronika" xoldingi rahbari Igor Kozlovga iqtibos keltirgan holda "Interfaks" axborot agentligi. 

Kozlovning aytishicha, "Roselektronika" xoldingida 2017 yilda yangi ishlanmaning sinovlari yakunlanib, mudofaa vazirligiga yetkazila boshlanadi.

Kozlovning ta'kidlashicha, bu vosita qurol va harbiy texnikaning istalgan tizimlarini radioelektron kurash vositalari ta'siridan himoyalashga imkon beradi. Shuningdek, u qurol va harbiy texnikaning bir joyda turgan hamda harakatlanayotgan tizimlarini yashirishga imkon beradi. 

Kozlovning tushuntirishicha, "ko‘rinmas plash" u yoki bu obektning radioelektron vositalar tomonidan aniqlanishini o‘ta murakkablashtiradi. Plash matosining tolalari shunday to‘qilganki, radioelektron vosita tank kabi obektni taniy olmaydi. U tankni akslanish obekti sifatida aniqlaydi, biroq qanday obekt ekanligini bila olmaydi.

 

Top