16:57 / 22.09.2016
5203

Filippin hukumati muxolifatning davlat to‘ntarishi qilishga urinayotganidan shubhalanmoqda

Filippin hukumati mahalliy muxolifat vakillarini xorijdan madad olgan tarzda mamlakatga davlat to‘ntarishi uyushtirmoqchi bo‘lganini aniqladi. Ularning maqsadi mamlakat prezidenti Rodrigo Duterteni ag‘darib tashlash bo‘lgan. Bu haqda prezident matbuot-kotibi Martin Andanar ma'lum qilgan.

Uning so‘zlariga ko‘ra, ma'lumot “AQShning ishonchli manbasidan olingan”. Andanarning ta'kidlashicha, mahalliy muxolifat 2017 yilning yanvar oyida vakolati tugaydigan prezidentni muddatidan oldin ketkazish uchun norozilik aksiyasi o‘tkazishga tayyorlanmoqda.

Matbuot-kotibi Dutertening qo‘shimcha qilishicha, norozilik aksiyasi ishtirokchilari ijtimoiy tarmoqlar orqali to‘planishmoqda.
 

Top