Jahon | 11:17 / 22.09.2016
9659
1 daqiqa o‘qiladi

Meksikalik vazir Trampni shaytonga tenglashtirdi

Foto: AP

Meksika AQShda noyabr oyida bo‘lib o‘tadigan prezidentlik saylovida Donald Tramp g‘alaba qozongan taqdirda “shayton bilan gaplashishga” to‘g‘ri keladi.  Bu haqda Meksika iqtisod vaziri Ildefonso Guaxardo ma'lum qilgan.

"Agar bizga meksikaliklar xavfsizligini ta'minlash uchun iblis bilan gaplashishga to‘g‘ri kelsa, unda u bilan gaplashamiz", — deb Guaxardo so‘zlaridan iqtibos keltiradi “Reyter” agentligi.

Vazirning bu so‘zlari AQSh prezidentligiga Respublikachilar partiyasidan nomzod Donald Trampning Meksikaga tashrifidan so‘ng 20 kun o‘tib e'lon qilingan. Tramp Mexikoda mamlakat prezidenti Enrike Peney Neto bilan NAFTA kelishuviga aloqador masalalarni muhokama etgan edi.

Mavzuga oid