11:36 / 22.09.2016
5222

OAV: Britaniyaning MI6 tashkiloti terrorchilik bilan kurashda minglab josuslar yig‘moqda

Foto: Getty Images

Britaniyaning MI6 tashqi razvedkasi global razvedkaga qarshi kurashish uchun keyingi o‘n yil ichida josuslari sonini ming nafarga oshirishga qaror qildi. Bu haqda Times gazetasi xabar bermoqda.

MI6 xodimlari sonini oshirish o‘tgan yilda hukumat tomonidan qabul qilingan MI5, MI6 va mamlakat TIV bilan bog‘liq boshqarma xodimlari sonini 15 foizga (1900 kishi) oshirish dasturiga muvofiq amalga oshiriladi. Nashrning fikricha, bunga muvofiq tashqi razvedka xodimlari soni o‘n yil ichida 2,5 ming kishidan 3,5 ming kishiga ortadi.

Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, xodimlar sonini oshirish raqamli xavflarga qarshi kurashish uchun qo‘l keladi. Raqamli xavflar internet, mobil telefonlar va noutbuklar orqali tug‘iladi, deb yozadi gazeta.

Top