14:51 / 22.09.2016
7531

Jizzaxda tabiiy giyohlarni qayta ishlash korxonasi ishga tushdi

Jizzax shahridagi Karina KAYU kompaniyasi giyohlarni qayta ishlash korxonasi faoliyatini yo‘lga qo‘ydi. Bu haqda O‘zA xabar bergan.

Korxonada qoqigul va na'matak dorivor o‘simliklari qadoqlanmoqda. Tog‘ rayhoni va kiyik o‘tini tozalab, qadoqlash ham yo‘lga qo‘yildi.

25 kishi mehnat qilayotgan korxona ish boshlagandan buyon o‘tgan ikki oyda 8 million so‘mlik mahsulot ishlab chiqarildi.

«2016 yil yakuniga qadar tibbiy spirt, yod, borniy kislota, naftezin kabi yigirma turdagi mahsulotlarni qadoqlashni yo‘lga qo‘ymoqchimiz. Keyingi bosqichda esa bir necha xil dori tabletkalari ishlab chiqarish va mahsulotni xorijga chiqarish ustida ish olib boramiz», — deydi korxona rahbari Sahob Musayev.

Top