09:49 / 23.09.2016
7775

FQB farzandlariga qattiqqo‘l munosabatda bo‘lish bo‘yicha Bred Pittga qarshi tergov boshlashi mumkin

AQShning Federal qidiruvlar byurosi aktyor Bred Pitt tomonidan o‘z farzandlariga qattiqqo‘l munosabatda bo‘lish haqidagi ma'lumot bo‘yicha isbotlar to‘plamoqda, deb ma'lum qildi Associated Press axborot agentligi. 

FQB vakili Lora Emillerning aytishicha, byuro OAVda bu haqda paydo bo‘lgan xabarlar bo‘yicha tergov boshlashi mumkin. Pitt oilasi bilan 14 sentabrda shaxsiy samolyotda parvoz etayotgan paytda go‘yoki g‘azablanib, farzandlariga baqira ketgan va ularga nisbatan kuch ishlatgan.  

Avvalroq aktyor o‘z farzandlariga qattiqqo‘l munosabatda bo‘lishda gumon qilingani ma'lum qilingandi. O‘z navbatida aktyorning rafiqasi Anjyelina Joli Pitt tomonidan farzandlariga "xavf" borligini aytgandi.

Mavzuga oid
Top