18:17 / 23.09.2016
6887

Foto: Paralimpiyachilar muxlislar bilan uchrashdi

Foto: Madina Nurman/korzinka.uz

Braziliya mezbonligidagi XV yozgi Paralimpiya o‘yinlarida yurt sharafini himoya qilgan O‘zbekiston paralimpiya terma jamoasi sportchilari va ularning murabbiylari keng jamoatchilik vakillari bilan uchrashdi.

O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi hamda O‘zbekistonda ko‘p yillardan buyon faoliyat yuritib kelayotgan korzinka.uz supermarketlar  tarmog‘ining tashabbusi bilan tashkil etilgan maxsus tadbirda terma jamoa vakillari muxlislar bilan muloqot qilish, birgalikda esdalik uchun suratga tushish, yosh avlod vakillariga  g‘alabalardan olgan taassurotlari  haqida so‘zlab berish, ular tomonidan bildirilgan samimiy qutlovlarni qabul qilish, shuningdek, o‘zlari uchun hozirlab qo‘yilgan sovg‘alarni tantanali topshirish marosimida ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘lishdi.

Eslatib o‘tamiz, XV yozgi Paralimpiya o‘yinlari Rio-de-Janeyroda 18 sentabrda o‘z yakuniga yetdi. Musobaqa davomida 8ta oltin, 6ta kumush va 17ta bronza medal qo‘lga kiritgan o‘zbekistonlik paralimpiyachilar umumjamoa hisobida 16-o‘rinni egalladi. O‘zbekiston vakillari Markaziy Osiyoda birinchi, MDHda Ukrainadan so‘ng ikkinchi, Osiyoda Xitoy va Eron delegatsiyalaridan so‘ng uchinchi o‘rinni egalladi.

 

Top