09:29 / 23.09.2016
6708

OAV: rossiyalik xakerlar Amazon, Ebay, Uber va yana 82 ta kompaniyaga hujum qilganlar

Rossiyalik xakerlar 85 ta kompaniyaga kiberhujumlar sodir etganlar. Ular orasida Amazon, American Airlines, Best Buy, Wells Fargo, DropBox, Dunking Donuts, Ebay, Uber, McDonald's, PayPal, Pizza Hut, Steam va Apple Pay kabi kompaniyalar bor. Hujumlardan maqsad mijozlar haqida ma'lumotlarni olish bo‘lgan, deb xabar bermoqda internetda xavfsizlikni ta'minlash bo‘yicha xususiy guruh ma'lumotlariga iqtibos keltirgan holda Epoch Times. 

Ma'lum qilinishicha, xakerlar o‘z chatlarida ruschalab muloqot qilganlar va hujumlarda Rossiya serverlaridan foydalanganlar. Shuningdek, xakerlar davlat tuzilmalari bilan bog‘lanmagan bo‘lishlari taxmin qilinmoqda.

Tergovchilar ma'lumotlariga ko‘ra, xakerlar kompaniyalarning mijozlari haqidagi parollarni tiklash uchun zarur bo‘lgan shaxsiy ma'lumot va ularning kredit kartalari raqamlari haqidagi ma'lumotlarni qo‘lga kiritganlar. 

Mavzuga oid
Top