Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Suriya armiyasi Halabga yurish boshlashini e'lon qildi
Suriya armiyasi Halabning jangarilar tomondan egallangan hududlariga tez orada yangi hujumlarni boshlashini e'lon qildi.
Suriya hukumat kuchlari vakillari fuqarolarni muxolifat otryadlari egallab turgan hududlardan uzoqroq bo‘lishga chaqirdi. Bu haqda Nyu-Yorkda Rossiya va AQSh ishtirokida Suriyada tinchlikni tiklash bo‘yicha favqulodda muzokaralar boshlangan bir vaqtda ma'lum qilindi.
Suriya armiyasi vakillari bu pozitsiyalarga qanday xavf solinyotgani: bu havodan beriladigan zarbalar yoki quruqlikdagi hujumlar bo‘lishi haqida hech narsa aytishmagan.
O‘tgan tun Halabning jangarilar tomonidan ushlab turilgan hududlari oxirgi oylardagi eng ko‘p sonli havo bombardimonlariga uchradi.
Qurolli to‘qnashuvlar shuningdek jangarilar hukumat qo‘shinlari qurshovini yorib o‘tmoqchi bo‘lgan Halabning janubiy qismida ham yuz bergan.
Mavzuga oid
14:03 / 03.01.2026
Germaniyada Suriyaga deportatsiya g‘oyasi bahsga sabab bo‘ldi
08:58 / 02.01.2026
Suriyada Asadlar portretisiz yangi banknotlar muomalaga kiritildi
15:53 / 29.12.2025
O‘zbekiston va Suriya o‘rtasida savdo-iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish masalasi muhokama qilindi
21:35 / 28.12.2025