Samsung Janubiy Koreyada Galaxy Note 7’ni almashtirib berishni boshladi. Biroq foydalanuvchilar qurilma bilan muammolarga duch kelayotganlaridan shikoyat qilishgan.
Ularning ta'kidlashicha, yangi smartfonlarda akkumulyatorlar muntazam qizib ketadi va ba'zida quvvatlanish vaqtida ham quvvatsizlanmoqda.
Kompaniyada muammolar akkumulyator bilan bog‘liqmasligi hamda shikoyatlar yagona ko‘rinishda ekanligi aytildi.