20:38 / 24.09.2016
16547

Kechki dayjest: 24 sentabrning eng muhim xabarlari

Yakunlanib borayotgan 24 sentabr O‘zbekiston va jahonda yuz bergan turli voqea-hodisalarning eng saralari Kun.uz dayjestida.

O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligidan mahrum bo‘lish hollariga oydinlik kiritildi

“O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi to‘g‘risida”gi Qonuniga kiritilgan o‘zgartish va qo‘shimchalarda respublika fuqaroligidan mahrum bo‘lish hollariga oydinlik kiritildi.

Batafsil.

O‘zbekiston Respublikasi “Prokuratura to‘g‘risida”gi qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritildi

O‘zbekiston Respublikasi prokuraturasi soliq va valyutaga oid jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti mas'uliyati kengaytirildi.

Batafsil.

O‘zbekistonda moliyaviy piramidalarni tashkil etganlik uchun 10 yilgacha qamoq jazosi tayinlanishi mumkin

O‘zbekiston Respublikasining 1994 yil 22 sentabrda qabul qilingan Jinoyat kodeksi moliyaviy firibgarliklar orqali yirik miqdorda pul mablag‘larini va (yoki) boshqa mol-mulkni jalb etishga doir noqonuniy faoliyatga doir yangi modda bilan boyitildi.

Batafsil.

Toshkent shahri va viloyatida doimiy propiskada bo‘lganlarning qarindoshlari propiska qilinishi mumkinmi?

2016 yil 23 sentabrda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti vazifasini bajaruvchi Shavkat Mirziyoyev tomonidan imzolangan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonunning 21-moddasida Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiskada bo‘lganlar o‘z qarindoshlarini propiskaga qo‘yishlari mumkin yoki mumkin emasligiga oydinlik kiritilgan.  

Batafsil.

24 sentabrdan yo‘l qoidalarini buzganlik uchun yangi jarimalar kuchga kirdi

O‘zbekiston Respublikasi Ma'muriy javobgarlik Kodeksiga, Yo‘l harakati qoidalariga muvofiq ravishda jihozlanmagan transport vositalarini boshqarganlik uchun jazolarni tayinlashni kengaytiruvchi to‘ldirishlar kiritildi.

Batafsil.

Yo‘l qoidalarini buzgan piyodalarga solinadigan jarima miqdori tasdiqlandi

O‘zbekiston Respublikasi Ma'muriy javobgarlik Kodeksiga, Yo‘l harakati qoidalariga rioya qilmagan piyodalarga ma'muriy jazolarni tayinlashni kengaytiruvchi to‘ldirishlar kiritildi.  

Batafsil.

Hillari Klinton davlat kotibi vaqtida Rossiyada maxfiy ma'lumotlarni qoldirgan

FQB direktori Jyeyms Komining so‘zlariga ko‘ra, AQSh prezidentligi uchun Demokratik partiya nomzodi Hillari Klinton davlat kotibi bo‘lib ishlagan vaqtlarda maxfiy ma'lumotlarga nisbatan "ehtiyotsizlikka yo‘l qo‘ygan"

Batafsil.

O‘zbekiston Birlashgan Millatlar Tashkilotiga oid o‘z qarashlarini ma'lum qildi

Avval xabar qilinganidek, Nyu Yorkda BMT Bosh Assambleyasining 71-sessiyasi o‘z ishini davom ettirayapti. Uning 23-sentabrdagi majlisida O‘zbekiston delegatsiyasi rahbari, tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov ma'ruza qildi.

Batafsil.

Telegram messenjerida yangi funksiyalar paydo bo‘ldi 

Pavel Durovning Telegram messenjerida surat va videolarga niqoblar, stikerlar va matn qo‘shish funksiyasi paydo bo‘ldi.

Batafsil.

“Manchester Yunayted” – “Lester”, “Arsenal” – “Chelsi” va dam olish kunlari o‘tkazib yuborib bo‘lmas o‘yinlar

23-24 sentabr kunlari Yevropada milliy chempionat o‘yinlari davom ettiriladi. Futbol muxlislarini bir qator qiziqarli o‘yinlar kutmoqda.

Batafsil.

Top