13:30 / 24.09.2016
7045

Poroshenko yangi boshqariluvchi raketa muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazilganini ma'lum qildi 

Ukraina prezidenti  Pyotr Poroshenko feysbukda "Luch" konstruktorlik byurosini yangi modeldagi boshqariluvchi raketa sinovlarini muvaffaqiyatli o‘tkazgani bilan tabrikladi. 

Poroshenko ukrainalik harbiylar 2,5 yil ichida o‘nlab yangi qurol-aslaha namunalarini olganlarini ta'kidlab o‘tdi.  

"Biz endigina Ukraina qurolli kuchlarini texnik modernizatsiya qilishni boshladik. Oldinda qiladigan ishlar ko‘p!", deb aytdi Poroshenko.

Avgustda Ukrainada ishlab chiqarilgan raketa majmuasi sinovdan o‘tkazilgan vaqtda Ukraina xavfsizlik kengashi kotibi Aleksandr Turchinov Ukraina raketalarining Rossiyanikidan ustunroq ekanini aytgan.

"Rossiyada ishlab chiqarilgan raketalardan farqli o‘laroq, Ukraina raketalari boshqariladi va aynan shuning uchun nishonlarni samaraliroq va aniqroq uradi, bu esa sinovlar vaqtida isbotlandi", deb aytgan Turchinov.

Keyinroq Turchinov "Ukroboronprom" mudofaa konsernining vazifasi qurol-aslaha jahon bozoriga chiqish hisoblanishini aytgan.

Top