16:16 / 24.09.2016
35351

O‘zbekistonda moliyaviy piramidalarni tashkil etganlik uchun 10 yilgacha qamoq jazosi tayinlanishi mumkin

O‘zbekiston Respublikasining 1994 yil 22 sentabrda qabul qilingan Jinoyat kodeksi moliyaviy firibgarliklar orqali yirik miqdorda pul mablag‘larini va (yoki) boshqa mol-mulkni jalb etishga doir noqonuniy faoliyatga doir yangi modda bilan boyitildi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti vazifasini bajaruvchi Shavkat Mirziyoyev tomonidan imzolangan Jinoyat kodeksiga qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risidagi qonunda shu haqda batafsil ma'lumot berilgan. 

O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat  kodeksiga kiritilgan yangi 181-1 moddasiga binoan, mulkiy manfaat berish bo‘yicha zimmaga majburiyat olish yo‘li bilan jismoniy va yuridik shaxslarning pul mablag‘larini va (yoki) boshqa mol-mulkini jalb etishga doir noqonuniy faoliyatni amalga oshirish va bunda ilgari olingan majburiyatni jismoniy va yuridik shaxslarning yangi jalb etilgan pul mablag‘lari va (yoki) boshqa mol-mulki hisobidan bajarish, shuningdek, bunday faoliyatga rahbarlik qilish va shunday faoliyat ko‘rsatilishini ta'minlash:

a) juda ko‘p miqdorda;
b) o‘ta xavfli retsidivist tomonidan;
v) uyushgan guruh tomonidan yoki uning manfaatlarini ko‘zlab sodir etilgan bo‘lsa, - yetti yildan o‘n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. 

Qonunning to‘liq matni bilan “Xalq so‘zi” gazetasida tanishish mumkin. 

Top