11:43 / 24.09.2016
5323

Vashingtondagi savdo markazida noma'lum kishi odamlarga qarata o‘q uzdi

Vashington shtatidagi savdo markazida bo‘lgan otishmada bir necha kishi halok bo‘ldi. Bu haqda shtat politsiyasi ma'lumotiga asoslanib, ABC News telekanali xabar bermoqda. 

So‘nggi ma'lumotlarga ko‘ra, hujum qurbonlari soni uch nafarni tashkil etmoqda. Yana ikki nafar kishi jarohat olgan.

Komo News telekanali guvohlarga asoslanib xabar berishicha, qurollangan erkak Berlington shahridagi Cascade Mall savdo markaziga kirgan va o‘t ochgan.

Taxminlarga ko‘ra, jinoyatchi lotin amerikalik bo‘lgan. Politsiya savdo markazidan chiqib, I5 avtomagistrali tomon harakatlangan jinoyatchini qidirish ishlarini boshlab yuborgan.

Mavzuga oid
Top