16:57 / 25.09.2016
8661

"Yonimizdagi qahramon" loyihasi start oldi

24 sentabr kuni Shayxontohur tumanidagi “Bo‘ston” mahallasida “Biz faol hayot, faol jamiyat tarafdorimiz” shiori ostida o‘tkaziladigan “Yonimizdagi qahramon” loyihasi start oldi. 

Tadbirda “Kamolot” YoIH Toshkent shahar kengashi Ma'naviy ma'rifiy loyihalar bo‘limi yetakchi mutaxassisi Ergasheva Muxlisa, O‘zbekiston XDP tuman kengashi raisi Abdullayeva Iroda, “Kamolot” YoIH tuman kengashi Moliya-iqtisod masalalari bo‘yicha yetakchi mutaxassisi Ahmedov Axadullo, Shayxontohur tuman hokimiyati Nuroniy bo‘limi boshlig‘i, “Bo‘ston” MFY maslahatchisi Atamatova Farida, “Bo‘ston” MFY  Nuroniy bo‘limi boshlig‘i Po‘latov Ergash va boshqa mas'ul shaxslar hamda mahalladan 3 nafar qahramon va 40ga yaqin yoshlar ishtirok etdi. Tadbir tashkiliy masalalarini ushbu mahalla fuqarosi, Toshkent Irrigatsiya va Melioratsiya Instituti «Suv xo‘jaligida menejment» fakulteti 2 kurs talabasi Rahmatova Muxlisa tashkillashtirdi.

Ushbu davra suhbati xalqimiz orasidagi yuksak marralarga erishgan, ibrat bo‘la oladigan, e'tirofga loyiq shaxslarni yoshlar bilan yaqindan tanishtirish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli qamrab olish, yoshlarda ulkan maqsadlarni shakllantirish, turli muvaffaqiyat zinapoyalarini tahlil qilish orqali kelajakda jamiyatimizda o‘zining mustahkam o‘rnini egallashga yordam berish, yoshlarga intilish, harakatchanlik, mas'uliyat ruhini singdirish, optimistik kayfiyatni, vatanga sadoqat, mehnatsevarlik, o‘ziga ishonch tuyg‘usini uyg‘otish hamda yoshlarni faol turmush tarziga oshno etish maqsadida tashkil etildi.

Tadbir tinglovchilari o‘rtasida anonim so‘rovnoma o‘tkazish bilan boshlandi, bu yoshlar keyingi tadbirda kimni qahramon sifatida ko‘rishni hohlashini hamda ularning qiziqishlari va kamolot haqida fikrlarini bilib olishda yordam beradi. Tadbirni “Bo‘ston” MFY maslahatchisi ochib berdi. So‘ng qahramonlar yoshligi haqida, uchratgan qiyinchiliklari, maqsadga erishish yo‘lidagi harakati, hozirgi yutuqlari haqida boshlovchi bilan suhbat qurishdi. Tinglovchilar qahramonlarga savollar berib, o‘zlarini qiziqtirgan ma'lumotlarni, shuningdek, shaxmat bilan shug‘ullanish, ko‘proq kitob o‘qish, rus tilini o‘rganishga e'tibor berish, hamisha maqsad bilan yashash zarurligi kabi tavsiyalarni olishdi.

Tadbir so‘ngida loyiha istiqbolli bo‘lishini ta'minlash, yoshlarning ijtimoiy faolligini oshirish va iste'dodlarni kashf etish, ularni yagona maqsad yo‘lida birlashtirish uchun ochiladigan  “bo‘lajak qahramonlar”  klubi a'zolari shakllantirildi.  Yoshlardan takliflar, tadbir taassurotlari haqida intervyu olindi.

Mavzuga oid
Top