22:58 / 25.09.2016
5468

Grizmann tomonidan kiritilgan gol "Atletiko"ga g‘alaba keltirdi

Madridning “Atletiko” jamoasi Ispaniya chempionatining 6-turida g‘alaba qozondi. “Matraschilar” uyda “Deportivo”ni qabul qildi.

Uchrashuvning 70-daqiqasida Antuan Grizmann tomonidan kiritilgan yagona gol “Atletiko”ga navbatdagi g‘alabani keltirdi. Shunday qilib, “Atletiko” turnir jadvalida 12 ochko bilan 3-o‘ringa chiqib oldi.

Atletiko – Deportivo 1:0 (0:0)

Gol: 1:0 – 70 Grizmann.

Ogohlantirish: Fajr (38), Lyuka Ernandes (42), Cholak (56).

Chetlatish: Fajr (45).

manba:tribuna.uz

Mavzuga oid
Top