Sharlott politsiyasi afroamerikalikning o‘ldirilishi videosini namoyish etdi
Sharlott shahri politsiyasi huquq tartibot organlari xodimlari o‘tkazgan reyd vaqtida afroamerikalik Kit Lamont Skottning otib o‘ldirilishi tasvirlangan videoni namoyish etdi. Bu haqda New York Post xabar bergan.
Jamoatchilikka reyd jarayoni aks ettirilgan videoyozuvlar hamda politsiya tomonidan Skottning yonidan topilgani iddao qilinayotgan pistolet hamda marixuana namoyish etilgan.
Payshanba kuni shahar politsiyasi boshlig‘i Kerri Putni Skottning o‘limi tasvirlari yetarlicha asoslarsiz namoyish qilinmasligini bildirgandi. Ammo Shimoliy Karolina gubernatori Pat Makkrori bilan kelishgan holda politsiya bu qarorini o‘zgartirgan.
Matbuot anjumani vaqtida Putni aytdiki, Skottda qurol bo‘lgan, ammo bu videoyozuvlarda aks etmagan. Uning aytishicha, video boshqa dalillar bilan birgalikda ko‘rib chiqilishi kerak.
43 yoshli afroamerikalik Kit Lamont Skott o‘tgan haftaning seshanba kunida Sharlottdagi reyd vaqtida otib o‘ldirildi. Politsiya talqiniga ko‘ra, huquq-tartibot organlari xodimlari Skott ularning qurolni topshirish bo‘yicha talablarini bajarmaganidan keyin o‘t ochishga majbur bo‘lishgan.
Bu vaqtda marhumning oila a'zolari u hech qachon qurol olib yurmaganini ta'kidlashgan.
Unga o‘q uzgan politsiyachi ham qora tanli ekaniga urg‘u qaratilmoqda.
Bu hodisadan so‘ng Sharlott aholisi ko‘chalarga chiqib, namoyishlar o‘tkaza boshladi. Shahar hukumati komendantlik soati joriy etishga majbur bo‘ldi va tartibni saqlash uchun milliy gvardiya bo‘limlari yordamga chaqirildi.
Prezident Barak Obama namoyishchilardan o‘z huquqlarini tinch yo‘l bilan talab qilishni so‘radi.
Mavzuga oid
21:21 / 30.11.2024
Gurjiston bosh vaziri norozilik namoyishlarida yevropalik siyosatchilar va «beshinchi kolonna»ni aybladi
22:56 / 09.08.2024
Qozog‘iston IIV sobiq rahbariga 5 yil muddatga shartli qamoq jazosi tayinlandi
20:45 / 05.08.2024
Bangladesh bosh vaziri qochdi, namoyishchilar uning qarorgohini egallagan. Asosiy ma’lumotlar
23:09 / 04.08.2024