22:22 / 26.09.2016
7292

Parijda Fransiya kontrrazvedkasining sobiq rahbari qo‘lga olindi

26 sentabr kuni Parijda Fransiya kontrrazvedkasining sobiq rahbari Bernar Skarsini qo‘lga olindi. Bu haqda “Frans Press” agentligi xabar bermoqda.

Skarsinining qo‘lga olinishi sabablariga oydinlik kiritilmagan. Aynan shu kuni Parij jinoyat politsiyasining sobiq rahbari Kristian Flashning ham qo‘lga olingani haqida xabar berilgan edi. Ularning har ikkisi ham mamlakatda Nikolya Sarkozi prezidentlik qilgan davrda o‘z mansablarida faoliyat yuritishgan.

Kuzatuvchilarning ma'lum qilishicha, kuch ishlatar tuzilmalarning sobiq rahbarlari Sarkozining 2012 yilgi saylov kompaniyasiga aloqador moliyaviy ish bo‘yicha qo‘lga olingan bo‘lishlari mumkin.
 

Top