Fan-texnika | 22:30 / 26.09.2016
21119
1 daqiqa o‘qiladi

Rolls-Royce o‘z tarixida birinchi bor yirik buyurtma qabul qildi

Tadbirkor Stiven Xun tomonidan buyurtma qilingan Rolls-Royce Phantom’ning 30 avtomobili Britaniyaning Gudvud shahridagi zavodni tark etdi. Marka tarixidagi eng yirik bo‘lgan ushbu buyurtma 2017 yilda ochilishi rejalashtirilgan Makaodagi The 13 mehmonxonasiga yo‘l olgan. Bu haqda Rolls-Royce matbuot xizmati xabar bermoqda.

Kolleksiya The 13 mehmonxonasi rangiga uyg‘un ravishda, Xun bilan hamkorlikda ishlandi. Kolleksiyaga, shuningdek, oltin aralashtirilgan ikkita Gold avtomobili ham kirgan. Ular maxsus mehmonlarga xizmat ko‘rsatish uchun sotib olingan.

Har bir avtomobilning kuzovi va 21 dyuymli g‘ildirak diskasiga Stephen Red rangining tusi berilgan. Salon intererida dengiz daraxtidan foydalanilgan. Jamlanmalar panelidagi soat esa Graff markasi tomonidan tayyorlangan.

 

Mavzuga oid