20:35 / 27.09.2016
16716

Kechki dayjest: 27 sentabrning eng muhim xabarlari

Yakunlanib borayotgan 27 sentabr O‘zbekiston va jahonda yuz bergan turli voqea-hodisalarning eng saralari Kun.uz dayjestida.

Toshkentda kimlar propiska qilinishi mumkinligiga oydinlik kiritildi

«Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilinishi lozim bo‘lgan shaxslar – O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari toifalarining ro‘yxati» ga o‘zgartishlar kiritildi.

>>>  Batafsil.

O‘zbekistonda ichki ishlar xodimlariga g‘ayriqonuniy tinch namoyishlarni bartaraf etishda qurol qo‘llash taqiqlangan

O‘zbekiston ichki ishlar idoralari xodimlari kuch ishlatmasdan, jamoat tartibini buzmasdan o‘tkazilayotgan g‘ayriqonuniy yig‘ilishlar, mitinglar, namoyish, ommaviy chiqish va piketlarni bartaraf etishda maxsus vositalar, shu jumladan, gazli va shikastlantiruvchi qurol qo‘llashi taqiqlanadi.

>>> Batafsil.

Tarixning zarhal sahifasi: O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimov o‘z ustozi bilan

1999 yilning 22 dekabri. Hukumat majlislaridan birida 90 yoshga yaqinlashgan otaxon otashin nutq so‘zladi.

>>> Batafsil.

Sirdaryo viloyatining Boyovut tumanida hokim o‘zgardi

Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashining navbatdan  tashqari o‘n beshinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda tashkiliy masala ko‘rib chiqildi. Bu haqda Sirdaryo viloyati hokimligi matbuot xizmati tomonidan xabar qilingan.  

>>> Batafsil.

Pentagon rahbari: Rossiya va Shimoliy Koreya AQShga yadroviy xavf solmoqda

Pentagon rahbari Eshton Karter Rossiya dunyoda yadroviy barqarorlikni saqlash tamoyiliga amal qilmasligini va "Rossiya hamda Shimoliy Koreya AQShga yadroviy xavf soladi", deb hisblashini aytdi.

>>> Batafsil.

Kaliforniya AQShdan ajralib chiqish bo‘yicha referendum o‘tkazishi mumkin

Amerikaning "Yes California!" harakati shtatning AQShdan ajralib chiqish masalasi bo‘yicha referendum tashkil qilishni rejalashtirmoqda. Mazkur harakat yetakchisi Luis Marinelli Moskvada bo‘lib o‘tgan "Millatlar muloqoti" forumi yakunlariga bag‘ishlangan matbuot anjumanida shu haqda ma'lum qildi.  

>>> Batafsil.

Qozog‘istonda dahshatli qotillik: mamlakat IIV vaziri bu haqda o‘z fikrlarini bildirdi

Qozog‘iston ichki ishlar vaziri Kalmuxanbet Kasimov Olmaota viloyatida uch aka-ukaning o‘ldirilishi tafsilotiga oydinlik kiritdi.

>>> Batafsil.

YouTube videolarni yuklash va oflayn tarqatish imkonini beruvchi ilovani taqdim etdi

AQShning Google kompaniyasi YouTube Go ilovasini taqdim etdi. Mazkur ilova yordamida videoxosting xizmatidan videolavhalarni telefonga yuklab, so‘ngra uni Bluetooth vositasida tarqatish mumkin bo‘ladi.

>>> Batafsil.

«Imperator» 40 yoshda. Tottining futboldagi hayoti haqida 10ta fakt

Bugun italiyalik hujumchi Franchesko Totti 40 yoshni qarshiladi.

>>> Batafsil

Top