18:01 / 27.09.2016
6681

Tramp Klinton bilan telebahsda g‘alaba qozonganini da'vo qilmoqda

AQSh prezidentligi uchun Respublikachilar partiyasi nomzodi Donald Tramp ijtimoiy so‘rov natijalariga tayangan holda bayonot berishicha, u demokratlar partiyasi nomzodi Hillari Klinton bilan o‘tkazgan birinchi telebahsda ajoyib ishtirok etgan. 

«Yaxshi, a'lo chiqish qilibman, telebahs yakunlariga oid so‘rovlarga ko‘ra (albatta, o‘zim ko‘rmaydigan CNN telekanali natijasidan tashqari). Rahmat!» — deb yozgan Tramp Twitter sahifasida.

U o‘z so‘zlarining isboti sifatida qator OAV natijalarini havola qilgan. 

26 sentabr kuni AQShda prezidentlik saylovi nomzodlari o‘rtasida birinchi telebahslar bo‘lib o‘tgani haqida avval xabar qilingan edi. 

Mavzuga oid
Top