18:26 / 27.09.2016
6133

V Osiyo sohil o‘yinlarida o‘zbekistonlik sportchilar ikkita oltin medalni qo‘lga kiritishdi

Vetnamning Danang shahrida boshlangan V Osiyo sohil o‘yinlarida polvonlarimiz ikkita oltin va bitta kumush medalni qo‘lga kiritdi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Osiyo olimpiya kengashi tomonidan tashkil etilgan mazkur nufuzli sport anjumanida qit'amizning qirqdan ziyod davlatidan 2 ming 200 dan ortiq sportchi 22 sport turi bo‘yicha g‘oliblik uchun bahslashmoqda. Osiyo sohil o‘yinlarida O‘zbekiston sport delegatsiyasi a'zolari sohil futboli, kurash, muaytay va sambo bo‘yicha Vatanimiz sharafini himoya qilmoqda.

Kurash bo‘yicha erkaklar o‘rtasida vazni 66 kilogrammgacha bo‘lgan polvonlar bellashuvida Mirjon To‘xtayev Osiyo sohil o‘yinlarining oltin medaliga sazovor bo‘ldi. Iqtidorli kurashchimiz hindistonlik Kunal Sejval, Xitoy Taypeyi vakili Xao-Cheng Chang va eronlik Gxambarali Gxambariyni mag‘lubiyatga uchratdi. 

Vazni 73 kilogrammgacha bo‘lgan kurashchilar o‘rtasida Suhrob Xudoyberdiyev suriyalik Munzer Jarida, vetnamlik Kong Nguyen Tan, filippinlik Lloyd Dennis Katipon va turkmanistonlik Nuryag‘di Jyepbarovni yengib, shohsupaning eng yuqori pog‘onasiga ko‘tarildi.

Vazni 81 kilogrammgacha bo‘lgan polvonlar bahsida qatnashgan Muhammadali Shamsiddinov vetnamlik Kuan Bui Minx, hindistonlik Shivraj Magdum va turkmanistonlik Muhammad Temirovni mag‘lub etib, kumush medalni qo‘lga kiritdi.

 

Top