Gitlerning bangi bo‘lganiga oid tafsilotlar oshkor qilindi
1940 yilda Germaniyaning Fransiyani bosib olishi giyohvand moddalar tufayli mumkin bo‘lgan, deb ta'kidlamoqda nemis yozuvchisi Norman Oler The Guardian nashriga bergan intervyusida. Natsistlarning kokain, geroin, morfin va metamfetaminni iste'mol qilishiga oid The Total Rush kitobi muallifining aytishicha, fashistlar Germaniyasi rahbari Adolf Gitler ham bevosita bangi bo‘lgan.
Metamfetamin (pervitin) o‘tgan asrda Temmler Werke nemis firmasi tomonidan ishlab chiqarilgan bo‘lib, kuchli stimulyator sifatida qo‘llanilgan. Uni kotibalardan tortib aktyorlargacha barcha iste'mol qilgan. Pervitin o‘sha davrlarda hatto konditerlik mahsulotlariga ham qo‘shilgan. Shokolad ishlab chiqaruvchi firma giyohvand modda qo‘shilgan mahsulotini uy ishlarini bajarishdan oldin ayollarga tavsiya qilgan. Bu albatta, qisqa vaqt ichida barcha ishlarni qoyilmaqom bajarishga imkon bergan.
Bundan tashqari, nemis armiyasi ham metamfetamindan faol foydalangan. Shifokorlar pervitinni charchoqqa qarshi ajoyib vosita deb bilishgan. Xususan, Vermaxt askarlari Fransiyani egallab olish chog‘ida kuniga bittadan tabletka iste'mol qilgan. Tungi vaqtlarda bu raqam 3-4tani tashkil etgan. Olerning fikricha, aynan pervitin sabab Fransiya istilo qilingan.
Muallifning ta'kidlashicha Gitler ham g‘irt bangi bo‘lgan. U 1941 yili xastalanganda, shaxsiy shifokori Teodor Gilbert Morell unga Eukodal (oksikodon)ni bera boshlagan. Bu dori og‘riq qoldiruvchi va kuchli eyforiyani paydo qiluvchi malham hisoblangan. Keyinchalik Gitler kuniga ikkitadan inʼeksiya qabul qila boshlagan, bundan tashqari oksikodonga qo‘shimcha ravishda quloq og‘rigiga qarshi tavsiya qilingan kokaindan ham ko‘p iste'mol qilgan. Reyxsfyurer umrining oxirgi pallalarida, Olerning aytishicha, sanoqli kunlari qolgan bangi edi.
Mavzuga oid
10:30 / 24.12.2024
Germaniya Kiyevga keng qamrovli yangi qurollar paketini taqdim etadi
18:40 / 21.12.2024
Shavkat Mirziyoyev Germaniya prezidenti Frank-Valter Shtaynmayyerga ta’ziya yo‘lladi
08:03 / 21.12.2024
Germaniyada mashina rojdestvo bozoridagi kishilar ustiga haydaldi
22:59 / 19.12.2024