17:54 / 28.09.2016
5227

Xitoy 2030 yilgi mundialga mezbonlik qilmoqchi

Xitoy futbol assotsiatsiyasi vitse-prezident Chjan Tszyan mamlakatning 2026 yildan keyingi yirik turnirlarni o‘tkazib bera olishi haqida aytib o‘tdi.

2022 yilda futbol bo‘yicha jahon chempionati Qatarda o‘tkaziladi, FIFA qoidalariga ko‘ra esa mundialni ketma-ket bitta qit'ada o‘tkazib bo‘lmaydi.

«Xitoylik muxlislarning shunday orzusi bor. Ular bizning mamlakatimiz jahon chempionatiga mezbonlik qilishini istashadi.

FIFA tartiblariga ko‘ra Xitoyning 2026 yilgi turnir uchun da'vogarlik qilishi deyarli ilojsiz ish. Men turnirga ertaroq mezbonlik qilishimizni istayman, ammo FIFA qarorini hurmat qilaman», – degan futbol amaldori.

Manba: Tribuna.uz

Top