Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kechki dayjest: 28 sentabrning eng muhim xabarlari
Yakunlanib borayotgan 28 sentabr O‘zbekiston va jahonda yuz bergan turli voqea-hodisalarning eng saralari Kun.uz dayjestida.
O‘zbekistonda alkogolli mahsulotlar sotish qoidalari qattiqlashtirildi

O‘zbekiston Respublikasi prezidenti vazifasini bajaruvchi Shavkat Mirziyoyev "Alkogolli mahsulotlar bilan chakana savdo qilish qoidalariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida"gi qarorni imzoladi.
>>> Batafsil.
Chexiya O‘zbekistonga yangi elchisini jo‘natdi

2016 yilning 28 sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Chexiya Respublikasining yangi tayinlangan favqulodda va muxtor elchisi Yaroslav Sironi qabul qildi.
>>> Batafsil.
Toshkentda to‘rtta tibbiyot muassasasi qayta tashkil etiladi

O‘zbekiston poytaxtida faoliyat yurituvchi to‘rtta yirik tibbiyot-davolash muassasasi qayta tashkil etiladi, xususan Respublika miqyosidagi tibbiy markazlardan biri tugatiladi.
>>> Batafsil.
Avstriyada turklar va chechenlar o‘rtasidagi mushtlashuv vaqtida serbiyalik tramvay ostida qoldi

Avstriya poytaxti Vena shahrida turklar va chechenlar guruhlari o‘rtasida ommaviy mushtlashuv ro‘y berdi.
>>> Batafsil.
Jahon raqobatbardoshlik reytingi: Shveytsariya hamon birda, Buyuk Britaniya esa ancha yuqoriladi

Davos Butunjahon iqtisodiy forumi tomonidan tayyorlangan 2016-2017 yilgi Global raqobatbardoshlik hisoboti e'lon qilindi.
>>> Batafsil.
Forbes 2016 yilning eng yuqori daromad olgan aktyorlari reytingini e'lon qildi

2016 yilning eng yuqori daromad oluvchi komik aktyorlari reytingi e'lon qilindi. Bu haqida Forbes jurnali ma'lum qildi.
>>> Batafsil.
Malayziya avialiniyasiga qarashli MH17 reysi aviahalokatida kim aybdor - Rossiya yo Ukraina?

Malayziya avialiniyasining MH17 reysini amalga oshirayotgan samolyot Rossiyadan yetkazilgan raketa tomonidan urib tushirilishi natijasida 298 nafar kishi halok bo‘lgan.
>>> Batafsil.
Nazarboyev Qozog‘istonni Singapurga o‘xshatdi

Qozog‘iston davlat rahbari Nursulton Nazarboyev Singapurning katta faxriy vaziri, shahar-davlat parlamenti a'zosi Go Chok Tongni qabul qildi, deya xabar qilmoqda Oqo‘rda matbuot xizmati.
>>> Batafsil.
Shimon Peres vafoti: U barchasi tugagach, organlaridan foydalanishlariga rozi bo‘lgan

«Shiba» shifoxonasi tibbiy xodimlari Isroilning sobiq prezidenti Shimon Peresning o‘limoldi og‘riqlarini, azoblarini yengillashtirish uchun qo‘llaridan kelgan barcha ishni qilishdi.
>>> Batafsil
Gitlerning bangi bo‘lganiga oid tafsilotlar oshkor qilindi

1940 yilda Germaniyaning Fransiyani bosib olishi giyohvand moddalar tufayli mumkin bo‘lgan, deb ta'kidlamoqda nemis yozuvchisi Norman Oler The Guardian nashriga bergan intervyusida.
>>> Batafsil.
Ronaldu mashg‘ulot vaqtida jamoadoshlariga jarohat yetkazishga harakat qilgani ko‘rinadigan video tarqaldi

Madridning "Real" jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu o‘zini o‘ta yomon tutishda davom etmoqda.
Mavzuga oid
14:01 / 04.01.2025
Isroilning G‘azoga aviazarbasi, Suriyaga tashrif buyurgan yevropalik vazirlar va Antalyaning rekordi - kun dayjesti
23:48 / 11.09.2024
11 sentabrning asosiy yangiliklari: O‘zbekistonda ro‘y bergan muhim voqea va hodisalar
21:05 / 06.04.2020
Shifoxonaga tushgan Jonson, qirolichaning murojaati, neft bo‘yicha kelisha olmayotgan Rossiya va Saudiya hamda kunning boshqa xabarlari
22:31 / 04.04.2020