OAV: Suriyalik terrorchilar qo‘mondoni G‘arb tomonidan qo‘llab-quvvatlash haqida aytib o‘tdi
AQSh suriyalik Bashar Asad hukumati bilan urushda terrorchi guruhlarini qo‘llab-quvvatlaydi — gap qurol ta'minoti va harbiy mutaxassislarni safarbar qilish haqida bormoqda. Bu haqida «Jabhat Fath ash-Shom» qo‘mondoni Germaniyaning Kölner Stadt-Anzeiger nashriga bergan intervyusida aytib o‘tgan.
«AQSh Suriya muxolifatini qo‘llab-quvvatlaydi, biroq ochiqchasiga emas», — degan «Jabhat Fath ash-Shom» qo‘mondoni.
«Ular bizni qo‘llab-quvvatlayotgan mamlakatni qo‘llashmoqda. Biroq hozircha bu qo‘llab-quvvatlashdan qoniqmadik. Ular bizga yuqori texnologiyali qurolni yetkazib berishi kerak. Biz janglarda raketalar yordamida yengdik. Aynan ular tufayli prezident Asad rejimi bilan kuchlarni tenglashtira oldik. Tanklarni Turkiya va Liviyadan olib kelganmiz. Rejim bizdan faqat jangari samolyotlar, raketa va raketasimon qurilmalar jihatdan ustunroqdir. Biroq Amerikaning TOW raketalari tufayli biz ayrim hududlarni nazorat ostiga olishga muvaffaq bo‘ldik», dedi u.
Shuningdek, Abu al-Izzaning qayd etishicha, bu raketalarni amerikaliklar guruhga «to‘g‘ridan-to‘g‘ri» o‘tkazishgan.
Uning aytishicha, «Jabhat Fath ash-Shom» guruhiga Turkiya, Qatar, Saudiya Arabistoni, Isroil va amerikalik ofitserlar ham yordam berishgan — ular sun'iy yo‘ldoshlar, raketalar, kuzatuvlar o‘tkazish kameralaridan foydalanish bo‘yicha askarlardan maslahatlar olishgan.
«Amerikaliklar hammi?» — deydi nemis nashri jurnalisti Yurgen Todenxefer.
«Ha, — dedi qo‘mondon. — Masalan, bizga shunday deyishdi: Siz 47 batalon uchun tarqatuvchi joy egallashingiz kerak. Saudiya Arabistonidan biz 500 mln funt oldik. Bunga qadar, islom o‘quv dargohini egallash uchun Kuvayt bizga 1,5 mln dinor, Saudiya Arabistoni esa 5 mln dollar ajratgan edi. Bu pullarni guruhga bir shaxs emas, hukumatning o‘zi taqdim etdi», deydi Abu al-Izza.
«Biz rejim barbod bo‘lmagunga qadar kurashamiz, —dedi qo‘mondon. — Biz Rossiya va G‘arb bilan olishamiz, chunki G‘arb biz tomonda emas. G‘arb bizlarga faqat mujohidlar bu yerga kelib olishi uchun ularni jo‘natmoqda. Nima sababdan G‘arb bizni chinakamiga qo‘llab-quvvatlamaydi? Bizning Germaniya, Fransiya, Buyuk Britaniya, Amerika va boshqa g‘arb mamlakatlarida juda ko‘p jangchilarimiz bor».
«Qancha?» — deb so‘radi Yurgen Todenxefer. «Juda ko‘p», — dedi Abu al-Izza.
Bundan tashqari, u «Jabhat Fath ash-Shom» guruhi Suriya bilan kelishuvni qo‘llab-quvvatlamasligini, rejimga kuchiga qarshi keng ko‘lamli hujum o‘tkazishga tayyorlanayotganini aytib o‘tdi.
«Maqsadimiz — rejimni ag‘darish va shariat qonuniga ko‘ra islom mamlaktiga asos solish», — degan u.
Mavzuga oid
21:08 / 25.12.2024
The Telegraph: Suriya sobiq prezidentining rafiqasi Asma Asad leykoz tufayli boshqalardan izolyatsiya qilindi
20:48 / 25.12.2024
Erdo‘g‘an Suriyadagi kurd qurolli guruhlarini «dafn etish»ga va’da berdi
19:47 / 25.12.2024
Al-Jo‘laniy isyonchi guruhlar qurollarini tashlashga roziligini e’lon qildi
12:10 / 25.12.2024