Jahon raqobatbardoshlik reytingi: Shveytsariya hamon birda, Buyuk Britaniya esa ancha yuqoriladi
Davos Butunjahon iqtisodiy forumi tomonidan tayyorlangan 2016-2017 yilgi Global raqobatbardoshlik hisoboti e'lon qilindi. O‘tgan safargidek, bu yilgi reytingda ham birinchi o‘rin Shveytsariyaga taqdim etilgan. Ikkinchida Singapur, so‘ngra AQSh joylashtirilgan. Kuchli o‘nlikka shuningdek, Niderlandiya, Germaniya, Shvetsiya, Yaponiya, Hongkong va Finlyandiya kiritilgan.
YeI tarkibidan chiqishni ma'qullagan Buyuk Britaniya o‘tgan safargi o‘ninchi o‘rindan yettinchi o‘ringa ko‘tarilgan. Biroq, BIF tahlilchilari Birlashgan Qirollik imkoniyatlarini baholashda Brexit natijalarini e'tiborga olishmagan. Bu holda, London sezilarli darajada tushib ketishi mumkin.
Rossiya "Global raqobatbardoshlik ko‘rsatkichi"ga muvofiq, o‘z holatini ikki o‘ringa o‘zgartirishga erishgan. U 45 o‘rindan 43 o‘ringa ko‘tarilgan.
Qozog‘iston bu yilgi reytingda 53-o‘ringa munosib ko‘rilib, o‘tgan natijasidan 11 o‘rin pastroqqa joylashtirilgan.
MDH mamlakatlari orasida Qozog‘iston, Ozarbayjon (37) va Rossiya (43)dan so‘ng uchinchi o‘rinni egallab turibdi.
Gruziya 138 mamlakat orasida 59-o‘rinda bo‘lsa, Tojikiston 77-, Armaniston 79, Ukraina 85-o‘rinda. Moldova 100 va Qirg‘iziston 111-o‘ringa munosib ko‘rilgan.
Mavzuga oid
17:38 / 23.12.2024
O‘zbekiston jinoiy daromadlarni legallashtirish reytingida 81-o‘rinni egalladi
08:15 / 14.12.2024
Toshkent 200-o‘rinda: xorijlik mutaxassislar uchun 2024 yildagi eng yaxshi shaharlar reytingi e’lon qilindi
17:36 / 10.12.2024
XMT Markaziy Osiyodagi ishsizlik darajasi bo‘yicha ma’lumot berdi
01:51 / 10.12.2024