18:12 / 29.09.2016
5310

BMT: Halabdagi 600 nafar jarohatlangan kishi evakuatsiya qilinishga muhtoj

Halabdagi yuzlab jarohatlangan suriyaliklar qamaldagi hududdan evakuatsiya qilinishi kerak. Bu haqda BMTning Suriya masalasi bo‘yicha maxsus elchisi o‘rinbosari Ramzi Ezeldin Ramzi aytib o‘tgan.

"Hozircha anig‘i shuki, 600 nafar jarohatlangan kishiga zudlik bilan yordam ko‘rsatish zarur", degan u.

U bugungi kunda bunday evakuatsiya qilishlar dolzarbligi oshgani haqida aytib o‘tgan.

Bundan oldinroq, jangarilar Halabga kimyoviy qurol bilan hujum qilmoqchiligi haqida xabar qilingandi.

Mavzuga oid
Top