Adjar avtonom respublikasining qişloq xöjalik vaziri örinbosari Ruslan Koridze va vazirlikning axborot maslahat departamenti rahbari Karlo Keklidzedan iborat Gruziya delegatsiyasi sitrus mevalar eksport imkoniyatlarini taqdim etiş maqsadida Özbekistonga taşrif buyurdi. Bu haqida "Turkiston-press" ma'lum qildi.
28 sentabrda Gruziyaning Özbekistondagi elçixonasi kömagida taşkil etilgan uçraşuvni mamlakat elçisi Konstantin Jgenti oçib berdi. U sitrus mevalar doimo Gruziyaning faxri bölib kelganligini ta'kidladi. Sönggi yillar içida yuqori sifatga hosilni yiğiş, uni taşiş va saqlaş böyiça zamonaviy texnologiyalar qöşilganligini alohida qayd etdi. Gruziya Rossiya va Ukrainaga sitrus mevalarni eksport qiladi, hozirda u bu yönalişda yangi bozorlar va hamkorlarni izlamoqda.

Ruslan Koridzening sözlariga köra, taxminan 20-21 oktabrda Özbekiston tadbirkorlari uçun Ajariyaga biznes-tur rejalaştirilmoqda. U Gruziyadagi taxminan 40 korxonaning Özbekiston bilan hamkorlik qilişga tayyor ekanligini aytdi.
Özbekiston OAV va tadbirkorlari bilan ötkazilgan uçraşuvda Gruziyadan sitrus mevalarni eksport qiliş imkoniyatlari muhokama qilindi, şuningdek zamonaviy Adjariya, uning maşhur markazi - Batumi taraqqiyoti, şu jumladan sayyohlik imkoniyatlari taqdimoti bölib ötdi.
Elçining sözlariga köra, Gruziya va Özbekiston örtasida töğridan-töğri aviaqatnovning yölga qöyilişi ikki tomonlama hamkorlik rivojiga juda katta hissa qöşgan bölar edi. Gruziya mahsulotlarining yanada keng eksportini taşkillaştiriş charter aviareyslarni ham örnatişga imkon berişi ta'kidlandi.
Gruziya delegatsiyasining uç kunlik taşrifi dasturiga muzokaralardan taşqari, Özbekiston bozorini örganiş va aholi ehtiyojlarini tahlil qiliş maqsadida poytaxtdagi supermarketlar, dökonlar va bozorlarni közdan keçiriş ham kiritilgan.

















