Tel-Aviv olimlari dunyoning şirinlikxörlari uzoq vaqtdan beri orziqib kutgan ixtironi amalga oşirişdi. Ma'lum bölişiça, ortiqça vazndan xalos böliş uçun ratsiondan şirinliklarni olib taşlaşga hojat yöq. Şunçaki ularni kunning muayyan bir vaqtida iste'mol qiliş kerak.
Bunday ajoyib bayonotni isbotlaş uçun şifokorlar jamoasi qiziq bir tajriba ötkazdi. Ortiqça vazndan aziyat çekuvçi 193 nafar bemor ikki guruhga ajratildi. Birinçi guruh 300 kkal'li me'yoriy nonuşta bilan oziqlandi, ikkinçi guruh esa ratsionida şirinlik bölgan 600 kkal'li nonuşta bilan boqildi. Şunisi qiziqki, ikki guruhda ham kundalik kaloriya iste'moli bir xil bölgan.

Parhezga start berilgan vaqtdan 8 oy ötib, tadqiqotning barça iştirokçilari 15 kilogramm vazndan xalos bölişgan. Biroq yana 8 oydan keyin mutlaqo kutilmagan natija kuzatilgan. Nonuştaga şirinlik iste'mol qilgan guruhdagi kişilar yana 7 kilogrammdan vazn yöqotişgan, me'yoriy nonuşta qilganlar esa aksinça 10 kilogramm va undan ham ortiq vazn töplaşgan. Şunday qilib, tajriba yakunida şirinlikxörlar kamida 20 kilogramm, qolganlar esa - 5 kilogramm atrofida vazn taşlaşgan.
Isroillik şifokor doktor Danela Yakuboviç buni quyidagiça izohladi: "Pastuglevodli parhezga rioya qilganlar doim oç bölişgan, bu esa ularni tez-tez muzlatgiç yoniga çoralagan. Şirinlik yeyişga imkon berilganlar esa belgilangan ovqatlaniş tartibini buzişga moyil bölişmagan. Şirinliklar iste'moli uçun eng yaxşi payt - ertalab bölib, kunning bu qismida metabolizm tezroq işlaydi".














