17:44 / 29.09.2016
5985

OAV Pokiston chegarasida o‘t ochilishi oqibatida 21 nafar hind askari halok bo‘lgani haqida xabar berdi

Foto: Reuters

Pokiston tomonining artilleriya hujumi oqibatida Hindistonning uchta chegara posti yo‘q qilindi va 21 nafar harbiy xizmatchisi halok bo‘lgan. Bu haqda 29 sentabr kuni Pokistonning Dunya News telekanali xabar bergan.

Vaziyatga nisbatan Hindiston tomonining biror-bir rasmiy javobi bo‘lgani haqida xabar qilinmagan.

29 sentabr tongida Pokiston armiyasi matbuot xizmati Kashmir chegarasida hind harbiylari tomonidan qurolli hujum bo‘lgani haqida xabar bergan edi.

Ikki o‘rtadagi janglar mahalliy vaqt bilan 02:30da boshlangan va 6 soat davom etgan. Oqibatda pokistonlik 2 nafar askar halok bo‘lgan.

RIA Novosti agentligi xabariga ko‘ra, Nyu-Deli, o‘z navbatida, o‘t ochishni to‘xtatish rejimini buzganligini inkor etmoqda va barcha aybni Pokistondan ko‘rmoqda. 

Top