17:04 / 30.09.2016
5834

2016 yil birinchi yarmida 120 mingdan ziyod fuqaroning ishga joylashishiga ko‘maklashildi

2016 yilning 29 sentabrida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasida “Ish o‘rinlari tashkil etish va aholi bandligini ta'minlash dasturining 2016 yil birinchi yarim yilligida bajarilishi to‘g‘risida” parlament eshituvi o‘tkazildi va kun tartibidagi masala yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Mehnat vazirining axboroti eshitildi.

2015 yilning 1 yanvaridan boshlab kichik korxonalar va mikrofirmalar, fermer xo‘jaliklari uchun yagona ijtimoiy to‘lov miqdori 25 foizdan 15 foizga kamaytirilganligi, qurilish materiallari, yengil va oziq-ovqat sanoatidagi kichik korxonalarda ishlovchilar sonini 2 barobarga oshirilishi hamda xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirilishi joriy yilning birinchi yarim yilligida 

16,4 mingta kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub'yektlari tashkil etilishiga hamda kichik biznesning bandlikdagi ulushini 77,3 foizdan 77,7 foizgacha o‘sishini ta'minlandi. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik, dehqon va fermer xo‘jaliklari, uy mehnatini barcha shakllarini rivojlantirish hisobiga 305,4 ming kishining bandligi ta'minlandi.

Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub'yektlarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash uchun tijorat banklari tomonidan 8,3 trln.so‘m kredit mablag‘lari ajratildi.

Mehnat organlari tomonidan 124,6 ming nafar ishsiz fuqaroning (shundan 53,8 mingtasi ayollar, 62,9 mingtasi yoshlar) ishga joylashishiga ko‘maklashildi. Ijtimoiy muhofazaga muhtoj aholi toifalaridan 36,8 ming nafar fuqaro ishga joylashtirilgan, 3,5 mingga yaqin ishsiz fuqarolar mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan kasblarga o‘qitildi.

 

Mavzuga oid
Top